Anchelotti: “La Ligani yutish oson emasdi, hozir esa vaziyat yanada qiyinlashdi”

Eldor Akmurzayev
26 fev 2023
Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga qarshi (1:1) derbidan keyin “Real” ustozi Karlo Anchelotti primera chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

“Bugungi uchrashuvdan oldin ham bu haqda o'ylash qiyin edi. Hozir vaziyat yanada og'irlashdi. Oxirigacha kurashamiz. Bularning bariga shunday javob berishim mumkin.

Rodriges uchun hayotidagi unutilmas kecha. U “Real”da o'ynashni juda orzu qilgan shaxs.

Bugun bizga ishtiyoq etishmadi. Jismoniy tarafdan ko'ra, psixologik holat. O'zimizga kelishimizga o'n daqiqa ketdi. Birinchi taymda etarlicha shiddat ko'rsatilmadi, ikkinchi bo'limda esa son ustunligidan to'liq foydalana olmadik”, deydi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, madridliklar ayni vaqt turnir jadvalida 52 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. “Barselona” esa 59 ochko va zaxira o'yini bilan peshqadam bo'lib turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS