Anchelotti iste'foga chiqarilsa, uning o'rniga Realda vaqtinchalik murabbiy kim bo'lishi ma'lum

Khoja
16 noya 2024, 09:47
Real Madrid rahbariyati so'nggi vaqtdagi natijalar sababli jamoa ustozi Karlo Anchelotti bilan xayrlashish niyatida.

Madrid klubi mavsum o'rtasida murabbiy bilan xayrlashgan taqdirda jamoani vaqtinchalik ustozi kim bo'lishini ham aniqlab olgan.

Agar iste'fo ro'y bersa, Qirollik klubini vaqtinchalik Santyago Solari boshqarib boradi. Argentinalik mutaxassis ayni vaqtda Real Madridda direktor lavozimida ishlamoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq mavsum yakunidan so'ng Real Madridga Xabi Alonso kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com