Anchelotti De Xeaning transferiga qarshi chiqmoqda

Mirjalol Normatov
12 avg 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni David de Xea "Real"ga o'tmasligi mumkin.

"COPE" xabariga ko'ra, ispaniyalik kiper "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga maqul kelmayapti. Karlo ushbu transferga qarshi chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Tibo Kurtua jarohat olib, katta ehtimol bilan ushbu mavsumda o'ynay olmaydigan bo'lganidan keyin "Real" boshqa darvozabon izlamoqda.

Ularning short-listida de Xeadan tashqari, "Sevilya"dan Yassin Bunu, "Chelsi"dan Kepa Arrisabalaga hamda PSJdan Keylor Navas kabi posbonlar joy olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE