Anchelotti bu yil Mbappeni sotib olish haqida: "Bu narsani 100% inkor etaman"

Administrator
25 avg 2023
Mbappe ushbu yozda "Real"ga kelmaydi.

Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening jamoaga ushbu yozdayoq kelishini rad etdi.

"Bu narsani 100% inkor etaman. O'ylashimcha, jamoamiz tarkibi to'liq, yigitlar mavsum haqida o'ylashmoqda", -deydi Karlo Anchelotti Mbappe haqida berilgan savolga.

Avvalroq, Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borayotgani xabar berilgandi. 


AdministratorMuallif
Manba: AS