Anchelotti Braim Dias bilan kelishmovchilik haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023, 14:19
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Braim Dias bilan kelishmovchilik borligi haqidagi mish-mishlarga ixoh berdi.

"Braim Dias bilan o'rtamizda muammo borligi va shu sababli u kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani haqida yozishganini o'qigandim. Aslida esa barchasi joyida, u gaplarning hammasi yolg'on.

Ha, u kamroq o'yin vaqtiga ega bo'ldi, ammo u jamoaga yordam bera olishiga ishonaman. Tarkibimizda raqobat kuchli. Uning ham vaqti keladi.

Avvalroq, Braim Dias Marokash sharafini himoya qilmoqchiligi haqida xabar bergandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo