Anchelotti "Bavariya" Alonso va Robben bilan shartnoma uzaytirishini istaydi
Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, u jamoa yarim himoyachilari Xabi Alonso va Aren Robbenlar bilan xayrlashmoqchi emas.
"Klub rahbariyatiga futbolchilar haqida o'z fikrimni bildirdim. Endi klub Alonso va Robben bilan suhbatlashishi lozim. Bu masala - yig'indagi vazifam emas. Biz Germaniya chempionatining ikkinchi davrasiga tayyorlanyapmiz" - deydi mutaxassis.