Ana xolos! "Barsa" Feliks va Kanseluning qolmasligi haqidagi postlarni o'chirib tashladi, chunki ularni saqlab qolmoqchi

Alisher
30 iyun 2024
"Barsa" Joau Feliks va Joau Kanseluning kyetishi haqidagi postlarni o'chirib tashladi.

Kataloniya klubi bugun Feliks va Kanseluning ijara muddati yakunlanganidan so'ng klubda qolmasligini e'lon qildi. "Barsa" shuningdek Markos Alonso bilan shartnoma uzaytirmasligini ma'lum qildi.

Bir qancha vaqt o'tganidan so'ng Alonso haqidagi post qoldi, Feliks va Kanselu haqidagisi esa o'chirib tashlandi. Jerar Romeroning ma'lumotiga ko'ra, klub bunday harakati bilan ikki futbolchini saqlab qolmoqchi ekanligini tushuntirgan.


AlisherMuallif
Manba: x.com/gerardromero