Ana xolos, Amirlik futbolchisi soch turmagi sabab 272 dollar jarimaga tortildi

Xayrulla Xoliqov
17 mar 2018
BAA chempionatida ishtirok etuvchi "Ajman" klubi futbolchisi Hassan Zahran soch turmagi sabab bir ming dirham (272 dollar) miqdorida federatsiya tartib-intizom qo'mitasi tomonidan jarimaga tortildi.

Bunga sabab futbolchining soch turmagi odatiy emasligida. Tartib-intizom qo'mitasi buni quyidagicha izohladi: "Hassan Zahranning soch turmagi umuman millatimizga xos emas. Biz arab kishilarimiz, shunday ekan o'zimizga qarab yurishni bilishimiz kerak. Bu futbolchining soch turmagi umuman etikaga to'g'ri kelmaydi".

Hassan Zahran sochi sabab jarima tortilgan birinchi futbolchi emas. Bungacha "Al Ayn"ning braziliyalik legioneri Kayo jarima to'lashga majbur bo'lgandi. Keyinroq "Al Vahda" hujumchisi Murod Batna ham jarimaga tortildi. Avvalgi yili Asamoa Gyan "nostandart" soch turmagi sabab pul to'lashiga to'g'ri kelgandi.

Federatsiya bayonotida shunday deyilgan: "Biz o'z madaniyat va yurish-turishimiz bilan o'rnak bo'lishimiz kerak. Boshning yarmi kal, yarmi soch bilan yurish bizga to'g'ri kelmaydi. Futbolchilarni maydonda va televizorda ko'pchilik ko'radi. Ularga bunday soch turmagi bilan yurish yarashmaydi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com