Ana holos! Fransiya hukumati: "Kimpembe endi termada o'ynamaydi" - Presnel bosgan layki sababli termadan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 noya 2020
Kimpembening termadagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Gap shundaki, futbolchi Xabib Nurmagomedovning Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tanqid qilib chiqqan postiga layk bosgan.

Bu esa Fransiya hukumatiga maqul kelmagan va ular futbolchini milliy termadan chetlatmoqchi.

O'z navbatida Kimpembe: "Men rus tilini yaxshi bilmayman, aslida postda nima deb yozilganini o'qiganim ham yo'q. Shunchaki o'qiyotgan har bir postimga layk bosaman. Men siyosatchi emas, sportchiman", deb javob berdi.

Bunga e'tibor bermayotgan Fransiya "Milliy birlashish" partiyasi vice-prezidenti Jordan Bardellya PSJ futbolchisi Presnel Kimpembeni termadan haydab yubormoqchi.

"Rus tilini bilmaslik - bahonami? Tushunmayapman, ular bizni ahmoq deb o'ylashyaptimi? Termada jihodni targ'ib qiladiganlarga o'rin yo'q. Bu boradagi barcha ishni va mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman", - dedi bayonotda Bardellya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal