Ana holos! Alisson hamda Firmino koronavirusga chalingan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
13 noya 2020
Braziliya termasi ixtiyoriga yetib borgan "Liverpul" futbolchilari Roberto Firmino hamda Alisson koronavirusni yuqtirib olgan bo'lishi mumkin.

Yozilishicha, bugun terma vakillari koronavirus testini topshirgan va aynan "Liverpul" futbolchilarida shubxali natija kuzatilgan. Yaqin vaqtlar ichida ular yana bir bor test topshiradi.

Oldinroq Misr FF matbuot xizmati Muhammad Salohning koronavirusga chalinganini ma'lum qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal