Ana bo'lmasam! Valverde Anchelottining jarohat haqidagi so'zlaridan hayratda

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2024
Valverde bosh murabbiy Karlo Anchelottini tushuna olmadi.

Gap shundaki, Karlo Anchelotti YCHL doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yinda Fede belidagi og'riq tufayli zaxiraga olinganini ma'lum qilgandi. Ammo xavbek hech qanday og'riq his qilmagan va murabbiyning bu so'zlaridan hayron qoldi.  

Urugvaylikning ayoli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Real" bosh murabbiyining harakatlarini keskin tanqid qildi, ammo bir daqiqa o'tar-o'tmas, post o'chirib tashlandi va bunga u akkaunti begonalar tomonidan buzib kirilganini bahona qildi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: COPE