Amstyerdamda 100dan ortiq "Yuventus" muxlisi hibsga olindi

Eldor Akmurzayev
11 apr 2019, 00:35
Amstyerdam policiyasi YCHLning ¼ final "Ayaks" – "Yuventus" uchrashuvi oldidan turinlik muxlislarni hibsga oldi.

Gap shundaki, Italiyadan tashrif buyurgan muxlislar "Yoxan Kroyff Arena"sining kirish qismida tartibsizlik keltirib chiqargan. Tekshiruvlar davomida qoidabuzarlarning yonidan pichoq, o'tkir tig'li buyumlar va inson sog'ligiga xavf soluvchi predmetlar aniqlangan. Shu tufayli 120ga yaqin tartibbuzarlar qo'lga olinib, so'roq qilish uchun policiya mahkamasiga olib ketilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia