Amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Aziz Abdurahmonov 8 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida kuchlilar qatoridan joy oldi

Eldor Akmurzayev
12 okt 2022, 08:35
Turkiya o'tkazilgan 17-jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

6 o'yinda 8 ta golni o'z hisobiga yozdirgan termamiz hujumchisi Aziz Abdurahmonov to'purarlar ro'yxatida Liberiya, Marokash hamda amerikalik futbolchilar bilan birga 2-o'rindan joy oldi.

To'purarlar ro'yxati:

1. Richard El Prinsipe (Gaiti), Charlz Saviolo (Gaiti), Omar Guleryuz (Turkiya) - 9 tadan gol;

2. Aziz Abdurahmonov (O'zbekiston), Ilyo Sbiya (Marokash), Nikola Kalabriya (AQSH), Morilay Robert (Liberiya) – 8 tadan;

3. Andres Lopes (Argentina), Jeyms Tregaskis (Angliya) – 7 tadan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia