Amorim jamoaga tezkor futbolchilarni olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
23 may 2025
Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ning yarim himoyasi kuchayishini istamoqda.

"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, bosh murabbiy klubdan yarim himoya chizig'i tezroq va jismonan baquvvatroq bo'lishini istagan. Portugaliyalikning fikricha, aynan shu sababli jamoa APLda yaxshi qatnasha olmayapti.

Yevropa ligasi finalidan oldin Amorim jamoasi "Tottenxem"ga jismoniy taraflama imkoniyatni boy berishidan xavfsiragan va amalda shunday ham bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN