Amorim "Grimsbi" bilan o'yindan keyin iste'foga chiqmoqchi bo'lganini aytdi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025
APL 3-turidan o'rin olgan MYU – "Byornli" uchrashuvi oldidan Ruben Amorim ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

"Men Kobbining qolishini xohlayman. U o'z o'rni uchun kurashishi kerak, bizga Kobbi Maynu kerak.

Mag'lubiyatdan juda xafa bo'ldim va hafsalam pir bo'ldi: biz mavsumoldi yig'inni juda yaxshi o'tkazdik deb o'ylagandim.  

Biroq hozir bizni yangi o'yin kutib turibdi va men bunga to'liq e'tiborimni qaratganman.

"Grimsbi" bilan uchrashuvdan keyin menda iste'fo haqida his-tuyg'ular paydo bo'ldi, ammo hozir buni his qilmayapman. Bazida klubni tark etishni xohlayman, bazida esa bu erda yana 20 yil qolishni xohlayman. Hissiyotlarimni nazorat qilishim kerak", – dedi Amorim.

Eslatib o'tamiz, MYU – "Byornli" bahsi ertaga 19:00 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News