Amorim 16 yoshli vunderkindni "Arsenal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritdi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2024
Himoyachi Godvill Kukonki yana Rumen Amorim tomonidan "Manchester Yunayted" tarkibiga kiritildi.

Bu safar yosh iqtidor Londonning "Arsenal" jamoasi bilan Premer-liga uchrashuvida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Lisandro Martines diskvalifikaciya qilingan, Lyuk Shou esa jarohat olgan. Shu tariqa aynan Kukonki"Manchester Yunayted"ning "kanonirlar" bilan uchrashuv uchun qaydnomasidan joy olgan.

"Arsenal" – "Manchester Yunayted" Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu o'yin oldidan "Manchester Yunayted" 19 ochko bilan APL turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. "Arsenal" 25 ochko bilan 2-o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RedCafe.net