Amir Dib: "O'zbekistonning istagan futbolchisi bilan futbolka almashgan bo'lardim"

Narzulla Saydullayev
9 sen 2013
Iordaniya – O'zbekiston uchrashuvi oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanining dastlabki qismida Iordaniya bosh murabbiyi Hussam Hassan bilan birga futbolchi Amir Dib ham ishtirok etdi.
“Murabbiyimizning fikrlariga qo'shilgan holda qo'shimcha qilamanki, ikki terma jamoa bejizga bu bosqichga yetib kelishmadi. Ikki terma jamoa ham keyingi bosqichga chiqishga haqli”, - deydi Iordaniya terma jamoasi safida 129ta o'yinda maydonga tushgan Amir Dib.

- Muhim o'yin oldidan murabbiyni almashtirilishi to'g'ri bo'ldimi?

- Futbol butun dunyoda professionallashib boryapti. Murabbiyni almashishidan futbolchilar fojea yasashmadi. Chunki biz murabbiy emas vatan terma jamoasi sharafini himoya qilamiz. Qolaverda bu murabbiy Misr terma jamoasi bilan JCHda qatnashgan.

- Ikki terma jamoa uchun muhim o'yin. Agar futbolka almashtirish imkoni bo'lsa kim bilan almashgan bo'lar edingiz?

- Haqiqatdan ham bu tarixiy o'yin. Istalgan futbolchi bilan futbolka almashgan bo'lardim. Chunki sizlarda hamma o'yinchilar yuqori klassga egalar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia