Amerika kubogining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2021
KONMEBOL garchi musobaqa hali yakunlanmagan bo'lsa ham, 2021 yilgi Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.

Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb birdaniga ikki o'yinchi topildi. Ushbu nomga Lionel Messi (Argentina) va Neymar (Braziliya) loyiq ko'rildi.

Neymar ushbu musobaqada 2 gol va 3 assist qayd etgan bo'lsa, Messi hisobida 4 gol va 5 assist bor.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi ushbu qarorni ikki futbolchi ham turnirni juda ajoyib o'tkazganligi va ularning birini tanlashning imkoni bo'lmaganligi bilan izohladi.

Eslatib o'tamiz, 11 iyul tongida Braziliya va Argentina termalari final bahsida maydonga tushishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.conmebol.com