

Braziliyadiga “Olimpiko Pedro Ludoviko” stadionida kechgan bellashuvning 40-daqiqasida Rodrigo de Paul hisobni ochgan bo'lsa, 84-daqiqada Lautaro Martines oradagi farqni ikkitaga oshirdi. E'tiborli tomoni har ikkala kiritilgan golga argentinaliklar yetakchisi Lionel Messi assistentlik qildi. Bellashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida Messining o'zi ham gol kiritib, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi-3:0.
Shu tariqa Argentina terma jamoasi musobaqa yarim finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichga Messi jamoadoshlari Kolumbiya termasiga qarshi bahs yuritishadi. Bellashuv 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.



