

Ma'lumotlarga ko'ra, quyoshli Barselonadan so'ng u Turin ob-havosiga ko'nika olmagan. Bundan tashqari, u byankonerilar o'yiniga moslashishga qiynalgan. Alves "Barselona" qishki transfer oynasida o'ng qanot himoyachisini qidirishini bilgan va u Kataloniya klubi vakillari bilan bog'lanib, klubga qaytmoqchiligini aytgan, ammo ko'k-anorranglilar futbolchiga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, uning klubdagi vaqti tugaganini aytishgan.
Alves yozda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etdi.
Alves "Barselona" rahbarlarini sohta va noshukur insonlar deb atadi



