Alonsoning birinchi qurboni: "Real" murabbiyi himoyachilardan biridan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2025
Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Ferlan Mendini transferga qo'yadi, deya xabar berdi "Defensa Central".

Manbaga ko'ra, “qirollik klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchi bilan hisoblashmayapti.

Mutaxassis "Benfika" himoyachisi Alvaro Karrerasning transferiga umid qilmoqda. U fransiyalik futbolchi o'rnini egallashi kerak.

Mendi "qaymoqranglilar" safida 2019 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 30 yoshli himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 31 o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2028 yilning iyunigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central