Alonso va Flik – La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzod

Administrator
24 sen 2025, 21:45
"Barsa" va "Real" ustozlari La Ligada oy murabbiyligiga nomzod bo'ldi.

Xabi Alonso va Xans-Diter Flik La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogarlik qilmoqda. Alonso sentyabr oyida Ispaniya chempionatidagi uchala o'yinda ham g'alaba qozongan bo'lsa, Flik ikki o'yinning ikkalasida ham g'olib chiqqan. Shuningdek, bu oyda bir durang va bir g'alabaga erishgan "Elche" murabbiyi Eder Sarabiya ham sovringa nomzod etib ko'rsatilgan.

Avgust oyi yakunlariga ko'ra, mukofotni uchala o'yinda ham g'alaba qozongan Alonso qo'lga kiritgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: laliga.com