

"Ikkinchi bo'limda bizga qiyin bo'ldi deya olmayman. "Milan" hech qachon taslim bo'lmasligini avvalgi mavsumdagi o'yinlardan bilib olganmiz. Natijaga qaramasdan, ular o'z o'yini bilan olg'a yurishda davom etishadi. Bizda bir nechta vaziyat bo'ldi. O'yin oxirida 11x10 kishi bo'lib o'ynadik, ammo to'rt hujumchi bilan harakat qildik. Ustunlikdan foydalanmadik, chunki juda orqaga qaytib olgan edik" - deydi Allegri.



