Allegri Pogbaning holati haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023, 21:33
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimilano Allegri yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.

"Pol kabi futbolchilarning tarkibda bo'lmasligi - shak-shubxasiz jamoa uchun muammo bo'ldi. Afsuski, u mavsumning eng qizg'in pallasini jarohatini davolash bilan o'tkazdi.

Uning ayni damdagi maqsadi - juda tez tarkibga qaytarish. Uning qachon jamoa bilan mashg'ulot qilishini bilmaymiz. "Milan" va "Real"ga qarshi o'yinlarda uning maydonga tushishi ehtimoli ham past. Chunki asosiy jamoa bilan u deyarli shug'ullangani yo'q.

Pol o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq uning holati hali zo'r emas. Yangi mavsumda unday bo'lmasligi kerak", - dedi mutaxassis "Tuttomercatoweb" nashriga.

Fransiyalik xavbek o'tgan mavsum A Seriyaning 6 o'yinida 108 daqiqa maydonda harakat qildi holos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb