

Insayder Fabricio Romano xabar berishicha, 57 yoshli mutaxassis "rossonerilar" bilan shartnoma imzolagan.
Hozirda Allegri va uning agenti Jovanni Brankini "Milan" bosh direktori Jorjio Furlani hamda sport direktori Igli Tare bilan uchrashuv o'tkazmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Allegrining "Milan" bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, uning maoshi bir mavsumga 5 million evro, bonus to'lovlari esa 2 million evroni tashkil etadi.



