Allegri: "Barselona"ning "Malaga"dan mag'lub bo'lgani hech nimani anglatmaydi"

Narzulla Saydullayev
9 apr 2017
Yuventus ustozi Massimiliano Allegri Barselonaning Malagadan mag'lubiyati YCHL chorak finalida hech qanday rol o'ynamasligini aytib o'tdi:

"Biz "Barselona"ni mag'lub etishga ishonishimiz kerak. Kataloniya klubining "Malaga"ga yutqazgani hech nimani anglatmaydi, sababi "Barselona" Yevropadagi eng muhim o'yinlarga doim tayyor.

Jamoada Leo Messi, Neymar, Luis Suares va Andres Inesta kabi o'yinchilar bor bo'lsa raqibga qiyin bo'ladi. Kerak paytda hujumga, kerak paytda himoyada qaytishimiz kerak bo'ladi, - deydi Allegri.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk