Alisson: "Kamera uchun sakrashni yoqtirmayman"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2018
"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker darvozabonlik ishini shouga aylantirishni xush ko'rmaydi.

"Faoliyatimga e'tibor bersangiz, tez-tez xato qiladiganlar safiga kirmasligimni bilib olasiz. Aynan shu sababli "Liverpul"ga kelib qoldim deb o'ylayman. Oddiy seyvlar amalga oshirishni yaxshi ko'raman. Kamera uchun sakrashni yoqtirmayman. Agar to'p qarshimda bo'lsa, uning ketidan sho'ng'imayman. Gollivud kerak emas" - deydi Alisson.

Eslatib o'tamiz, Alisson 62,5 mln evro evaziga "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph