Alisher Xoliqovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014
Bugun “Qizilqum” futbol klubi tajribali hujumchisi Alisher Xoliqovning tavallud kuni. U o'zining o'ttiz ikki yoshini qarshilamoqda.
1997 yildan beri mamlakatimiz oliy liga jamoalarida to'p surib kelayotgan Alisher Xoliqov o'tgan davr mobaynida “Zarafshon” (Navoiy), “Buxoro”, “Neftchi” futol klublari libosida maydonga tushgan.

2003-2004 yillarda “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qilgan iqtidorli hujumchi 2013 yilning ikkinchi yarmidan yana o'z qadrdonlari qatoriga kelib qo'shildi.

O'z vaqtida Farg'onaning “Neftchi” futbol klubi tarkibidagi sermahsul o'yinlari va chiroyli gollari bilan muxlsilar mehrini qozongan hujumchimizdan umidimiz juda katta.

Fursatdan foydalanib, Alisher Xoliqovni “Qizilqum” futbol klubi mamuriyati, jamoa a'zolari hamda ko'psonli muxlislari nomidan tug'ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Ishonamizki, Alisher kelgusi o'yinlarda o'zining chiroyli gollari bilan muxlislarimizni quvontirishda yana davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz