Alisher Usmanovga "Arsenal" akciyalarini sotish taklif qilindi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017
Amerikalik tadbirkor Sten Kronke "Arsenal" klubining akciyalar foizini yanada ko'paytirmoqchi.

U asli o'zbekistonlik bo'lgan milliarder Alisher Usmanovdan akciyalarini 525 mln funt (taxminan 592 mln evro) evaziga sotishga taklif qildi. Ayni paytda Kronke "Arsenal"ning 67% akciyasiga ega. Usmanov hisobi esa 30,04% akciya mavjud.

Oldinroq Usmanov "Arsenal"ning akciyalar nazorat paketini Kronkedan 2,3 mlrd dollarga sotib olmoqchi bo'lgandi, ammo amerikalik buni rad qilgandi. Usmanov klub akciyalarini ko'paytirishga doim tayyor bo'lgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com