Alijonovning holati qanday?

Оқил Абдубарноев
28 fev 2026
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev himoyachi Hojiakbar Alijonovning jarohati to'g'risida ma'lumot berdi.

"Hojiakbar tizzasidan jarohat oldi. Tekshiruvdan so'ng jarohat qanchalik jiddiy ekanligini bilib olamiz. Kichik jarohati borlardan Bo'riev bugun zaxirada edi. Flamarion esa shamollab qoldi", dedi 42 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Hojiakbar Alijonov Superliganing 1-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi o'yinning 38-daqiqasida jarohat olib, zaxiraga olindi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia