Alfonso Devis jarohat oldi, u uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Alisher
24 apr 2023
Bavariya yakunlanayotgan mavsumda boshqa Alfonso Devisdan foydalana olmasligi mumkin.

Himoyachi Bundesliganing 29-turida Maync 05ga qarshi o'yinda (1:3) sonning orqa mushaklari cho'zib olgan. Uning tiklanishiga tahminan olti hafta kerak bo'ladi. Bavariyaning Bundesligadagi so'nggi uchrashuvi esa 27 may sanasiga belgilangan.

Joriy mavsumda Alfonso Devis chempionat doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta golli uzatma bor.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru