Alexandro Sabelya: "Raqiblarni kuchli va kuchsizga ajratmaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2014, 22:28
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Alexandro Sabelya Shveytsariyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinchilarim ruhiy tomonlama yaxshi holatdalar. Pley-off o'yinlarida xato qilishga haqqimiz yo'q. Bu jismoniy tayyorgarlikdan ham muhimroq.
Shveytsariya terma jamoasi yaxshi jamoa hisoblanadi. Biz raqiblarni kuchli yoki kuchsizga ajratmaymiz. Chunki bu narsa JCHda yomon holatlarga olib kelishi mumkin", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net