Aleshandre Pato: Chelsidek katta klubga o'tganimdan xursandman

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2016, 09:30
Korintians hujumchisi Aleshandre Pato Chelsiga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Chelsi bilan shartnoma tuzganimdan xursandman. Yangi jamoa safiga qo'shilishni sabrsizlik bilan kutayapman. O'ynashni boshlashni kutayapman.

Chelsiga rahmat aytaman. Umid qilamanki, bu ishonchga munosib javob bera olaman deb o'ylayman, – deydi Pato.

Bunday katta klub a'zosiga aylanganimdan xursandman. Yevropada o'ynashni doim xohlaganman, Chelsi bunda menga yordam berdi.

Oilamga, Chelsi muxlislariga rahmat. Bugun ajoyib kun, – deb yozadi Pato instagramdagi o'z sahifasiga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com