Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017
O'zbekiston U-16 terma jamoasiga ustozlik qilgan Aleksandr Mochinov 1999–2000 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Miraziz Mirzaahmedov O'zbekiston U-19 termasiga katta murabbiy, Zokir Hayotov va Dilmurod Abdullaev yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yili bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunilari bo'lib o'tadi.  

Murabbiylik faoliyati davomida  “Oq-tepa”, “Buxoro” va “Obod” klublarida ishlagan Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-19 termasini saralash bosqchiga tayyorlaydi. Unga yoshlar termasini U-19 Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yildi.

Saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayda BAA U-19 termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur o'yilar 8 va 10 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Aleksandr Mochinov bo'lajak o'yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar
: Umid Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”)

Himoyachilar: Abubakir Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sadullaev (“Nasaf”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Xumoyun Abdusattorov (“Bunyodkor”);

Yarim himoyachilar: Rahmatilla Mirzaahmedov (“Bunyodkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”), Jasur Yoqubov (“Paxtakor”), Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Bobur Asqarov (“Paxtakor”), Rasul Yo'ldoshov (“Bunyodkor”), Orifjon Hakimjonov (“Bunyodkor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”);

Hujumchilar: Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”), Doniyor Abdumannopov (“Bunyodkor”).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com