Alberto Zakkeroni: "Raqib bizni himoyalanishga majbur qildi"

Aziz Tukhtamuradov
15 iyun 2014
Yaponiyaliklar ustozi Alberto Zakkeroni Kot-D`Ivuarga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Futbolchilarimiz o'yinga jiddiy yondoshishdi, lekin, jamoaviy futbol ko'rsata olishmadi. Hisobni ochganimizdan so'ng ortga qaytishga majbur bo'ldik. Raqib o'z hujumlari orqali bizni himoyalanishga majbur qildi. Ayniqsa qanotlarda katta farq bilan yutqazib qo'ydik.

O'zgarishlarga qaramasdan o'yin borishini o'zgartira olmadim.

Keyingi o'yinlargacha xatolarimiz ustida jiddiy ishlaymiz", - deydi Zakkeroni.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru