Alba termaga chaqirilmagani sababi ma'lum

Mirjalol Normatov
10 sen 2018
Ispaniya matbuoti mamlakat milliy termasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasining ilk turlariga himoyachi Jordi Albani chaqirmagani sababini ma'lum qilishdi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, mutaxassis va futbolchi o'rtasida ancha vaqtdan buyon kelishmovchiliklar bor. Shu boisdan ham Enrike sobiq shogirdidan xafa bo'lib yuribdi.

Oldinroq Alba milliy termaga chaqirilmagani sababini bilmasligini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana