"Al Sadd" ustozi Xavi Grasiya: "Yaxshi jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik"

Iskandarov Abdulaziz
9 apr 2022
Qatarning "Al Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Grasiya OCHL guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. 27-daqiqadan so'ng bir kishi kam bo'lib qolganimiz o'yinimizni qiyinlashtirdi, deb o'ylayman. Futbolchilarimning say-harakatlarini, durangga qaramay g'alaba sari intilganini olqishlayman. 

Qizil kartochka olgan Abdul Karim Hassan va Pedro haqida gapiradigan bo'lsam, biz OCHLga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. "Al Sadd"ning istalgan futbolchisi yo'qotishlarning o'rnini to'ldira oladi. Bu borada ishlaganmiz",- deydi Xavi Grasiya.

 





Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia