"Al Sadd" taniqli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
6 apr 2020
Radamel Falkao "Galatasaroy"dan ketishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, 34 yoshli kolumbiyalik futbolchi koronavirus pandemiyasi paytida kelib chiqayotgan inqiroz vaqtida ham maoshlarining kamayishini xohlamayapti.

Hujumchi Xavi qo'l ostidagi "Al Sadd" klubi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Agar bitim amalga oshsa, Falkao bir mavsumda 10 million evro maosh oladi.

Falkao joriy mavsum Turkiya chempionatida 14ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Ajansspor