"Al Nassr"dan ketmoqchi emasman" - Taliska

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023
"Al Nassr" yarim himoyachisi Taliska kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"So'nggi paytlarda tarqalgan soxta xabarlardan farqli o'laroq, shuni aytmoqchimanki, men hech qanday klub bilan muzokara olib borayotganim yo'q. 

Men "Al Nassr"ni tark etmoqchi emasman.

Bu erda o'ynashni yaxshi ko'raman, yaqinda shartnomamni 3 yilga uzaytirdim", – dedi 29 yoshli futbolchi.

Avvalroq "Al Nassr" Arab Chempionlar Kubogida Marokash klubini engib, yarim finalga yo'l oldi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano