"Al Nassr" Zidan yoki Mourinyoni taklif qilmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2023
Zinedin Zidan "Al Nassr" bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi mumkin.

Kecha klub Rudi Garsiyani iste'foga chiqarib, U 19 jamoasi murabbiyi Dinko Yelichichni bosh murabbiy etib tayinlagandi. 

Ma'lum bo'lishicha, "Al Nassr" kelajakda Zinedin Zidan yoki Joze Mourinyoni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi. Bu nomzodlar Ronaldu bilan maslahatlashgan holda tanlangani aytilmoqda. 

Agar bu murabbiylar bilan kelishuv amalga oshmasa, klub short listida "Fenerbaxche" ustozi Jorje Jezush va "River Pleyt" sobiq bosh murabbiyi Marselo Galyardo nomzodlari bor. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: CBS Sports