

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 34 yoshli futbolchiga yiliga sof 18 million evro maosh taklif qilmoqda. Shu bilan birga, futbolchi shartnoma muddatini o'zi tanlashi mumkin.
Buskets javob berishga shoshilmayapti, chunki u "Barselona"dan bitimni uzaytirish bo'yicha taklifni kutish niyatida.
Avvalroq "Al Nassr" yarim himoyachiga yiliga 20 million evro taklif qilgani, biroq Buskets rad javobini bergani xabar qilingandi.
Yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Buskets barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



