"Al Nassr" shoshilmoqda: klub Obameyangga "Arsenal"dagi maoshini to'lashga tayyor!

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangni tarkibiga qo'shib olish uchun "Al Nassr" klubi so'nggi taklifni jo'natdi.

Saudiyaliklarning so'nggi taklifiga ko'ra, klub Obameyangga "Arsenal"dagi maoshini to'lashga tayyor turibdi. Shartnomada  agarda futbolchi Yevropaga qaytishni istasa, 12 oydan keyin barcha kelishuvlarni bekor qilish imkoniyati bo'ladi.

Ushbu mavsumda Obameyang APLning 14 o'yinida qatnashib, 4 gol va 1 assist qayd etdi.

Saudiya Arabistonida transferlar oynasi bugun yopiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal