"Al-Jazira" "Lokomotiv"ga Kaysedo transferidagi qarz uchun 1,8 mln. evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2015, 14:16
FIFA futbolchilar qo'mitasi "Al-Jazira" "Lokomotiv"dan olgan Felipe Kaysedoning transferi mablag'idan qarzdorligi uchun "temiryo'lchilar"ga 1,8 mln. evro to'lashi kerakligi haqida qaror chiqardi.

Hujumchi 2011 yilda "Lokomotiv" bilan uch yillik shartnoma imzolagan, 2014 yilning yanvarida esa Kaysedo "Al-Jazira"ga o'tadi. BAA klubi futbolchining transfer mablag'ini "parchalab" bergan. Yozda Kaysedo "Espanol"ga o'tdi, "Al-Jazira" esa Moskva jamoasiga qarzini to'lashni to'xtatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС