"Al Ittihod" – OKMK. Jamoalar qanday rangdagi liboslarda harakat qilishadi?

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023
Ertaga Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" – OKMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bugun uchrashuv oldidan rasmiy yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda komissar va har ikkala klub vakillari bo'lajak uchrashuvning tashkiliy masalalarini muhokama qilishdi.

Shu tariqa, ertangi bahsda "Al Ittihod" sariq-qora-sariq, OKMK esa oq-kulrang-oq rangli libosda harakat qilishi kelishib olindi.

Jamoalar o'rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати