Al-Ittihod Muhammad Salaxga taklif bilan chiqdi. Klub futbolchi uchun 60 million funt to'lashga tayyor

Alisher
8 avg 2023
Saudiya Arabistonining Al-Ittihod klubi Muhammad Salaxga qiziqish bildirmoqda.

Al-Riyadiah nashri xabariga ko'ra, Al-Ittihod klubi misrlik hujumchi bo'yicha muzokarani boshlagan. Qayd etilishicha, Salaxga 2 yillik shartnoma uchun umumiy 180 million evro maosh taklif qilingan. Jidda klubi futbolchi transferi uchun Liverpulga 60 million funt to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli forvard o'tgan mavsum APLdagi 38 o'yinda 19ta gol muallifiga aylangan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com