Al Hussein ga qarshi bellashuvni hindistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi

Khoja
23 okt 2024
OCHL 2 3-turidan o'rin olgan Al Hussein - Nasaf uchrashuvini Banerjee Pranjal boshqarib boradi.

Unga qanotlarda Sarkar Asit Kumar va Samar Pal yordam beradi. Zaxira hakami sifatida Kristal Jon ishlaydi. Hakamlarning barchasi Hindistondan. Hakamlar ishini Muhammad Basel Alhajjar (Suriya) nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Govand Abdulholiq Masood (Iroq) tayinlangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia