"Al Hilol" Salahga shoshirib qo'yadigan taklif berishga tayyor

Alisher
17 yanv 2025
"Al Hilol" Neymarning o'rniga Muhammad Salah bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Saudiya Arabistoni klubi agar Yevropadan ketishga qaror qilsa, shartnomasi yaqin yozda yakunlanadigan "Liverpul" vingeriga taklif berishga tayyor.

Shu bilan birga, misrlik bundan keyin ham Yevropa mamlakatlarida yuqori darajada o'ynashni davom ettirishiga ishonmoqda.

Vinger joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda 18ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: skysports.com