"Al Hilol" - "Lokomotiv". Temur Kapadze - o'yinning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
18 may 2016, 12:08
Kecha OCHL-2016 nimchorak finalidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

OFK har bir uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlab borishini juda yaxshi bilasiz. Kechagi o'yinda "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Temur Kapadze eng yaxshi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Lokomotiv" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. Javob o'yini 24 may kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia