"Al Hilol" Brunu Fernandeshga o'ylash uchun 72 soat berdi. Saudiyaliklar futbolchiga qancha oylik berishi ma'lum

Khoja
24 may 2025
Yevropa ligasining finalidagi mag'lubiyat “Manchester Yunayted“ sardori Brunu Fernandeshga yomon ta’sir qildi.

Yarim himoyachi “qizil iblislar“ni tark etishga tayyor. Unga Saudiya Arabistonning “Al Hilol“ jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya jamoasi 30 yoshli futbolchiga haftasiga 700 ming funt to'lashga tayyor. “Al Hilol“ rahbariyati portugaliyalik futbolchiga o'ylab olish uchun 72 soat vaqt berishgan. Agar MYU sardori rozilik bersa, Saudiya jamoasi transfer summasi bo'yicha muzokara olib boradi.

Brunu Fernandesh joriy mavsum 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 tadan gol va golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com