"Al Hilol" "Barselona" futbolchisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. O'yinchining o'ziga esa 200 mln. dollar

Aslanov Jasurbek
23 apr 2025
"Al Hilol" Rafinyani bilan shartnoma imzolash uchun katta xarajatlarga tayyor.

Diario Sport xabariga ko'ra, Saudiya klubi "Barselona" o'yinchisini qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.  

Yaqinda arab klubi delegaciyasi braziliyalik futbolchi va boshqa o'yinchilarni sotib olishni muhokama qilish uchun Barselonaga tashrif buyurdi.  

365Scores ma'lumotiga ko'ra, klub Rafinyaga to'rt yillik shartnoma taklif qildi, unga to'rt mavsum uchun jami 200 million dollar, yani har mavsum uchun 50 million dollar to'lanadi.  

"Al Hilol" "Barselona"ga transfer uchun 100 million evro to'lashga tayyor. "Blaugrana"ning sport direktorlari vaziyatdan xabardor va o'yinchini har qanday yo'l bilan saqlab qolish niyatida. Biroq oxirgi qarorni Rafinyaning o'zi qabul qiladi.  

Takidlanishicha, yarim himoyachi birinchi navbatda "Barsa"da o'ynashni davom ettirishni xohlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport